TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Braziliya Prezidenti Mishel Migel Elias Temerga Kolumbiyada Braziliya yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi va natijada ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
"Mamlakatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini izhor etib, jarohat olganlarga esa tez orada sog‘ayib ketishni tiladi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 29-noyabr kuni bortida Braziliyaning "Shapekoense" klubi futbolchilari bo‘lgan samolyot yoqilg‘i tugab qolishi oqibatida qulab tushgandi. Samolyotda bo‘lgan 77 nafar kishidan 10 nafari omon qolgan.