O‘zbekiston Ostonada savdo uyi ochdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishTerminaldagi yuk mashinalari
Terminaldagi yuk mashinalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga kelib "O‘zagroeksport" Rossiyada to‘rtta va Qozog‘istonda uchta savdo uyi tashkil etdi

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Xorijga meva-sabzavot yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi "O‘zagroeksport" AJ qozog‘istonlik hamkorlari bilan birgalikda Ostona shahrida yangi savdo uyini tashkil etdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Treyder va yuk tashuvchilar uchun qulay bo‘lishi maqsadida "Markaziy Osiyo savdo uyi" Continental Logistics kompaniyasi tomonidan qurilgan Qozog‘istondagi eng yirik transport-logistika markazida joylashdi.

Osiyo taraqqiyot banki - Sputnik O‘zbekiston
OTB O‘zbekiston meva eksportini oshirishi uchun 154 mln $ ajratdi

"Savdo uyi zamonaviy avtomatlashgan texnologiyalar bilan jihozlangan "A" sinfidagi omborxona komplekslariga ega bo‘lib, bu yerda turli yuklar logistikasini ta’minlash uchun barcha sharoitlar mavjud", — dedi kompaniya vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo uyi ulgurji va chakana savdo faoliyati, yetkazib berishni tashkil qilish, bojxona xizmatlari, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini sotish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari, savdo uyi marketing siyosatini ishlab chiqish va o‘tkazish, yirik savdo tarmoqlari bilan shartnoma imzolash bo‘yicha ham faoliyati olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yaqin ikki yil davomida butun dunyo bo‘ylab yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot hamda oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan savdo uylari tarmog‘ini yaratishni rejalashtirgan.

Bugungi kunga kelib "O‘zagroeksport" Rossiyada to‘rtta va Qozog‘istonda uchta savdo uyi tashkil etdi. BAA, Janubiy Koreya, Hindiston va Yevropa Ittifoqining qator davlatlarida savdo uylarini tashkil etish ishlari yakunlanish bosqichida. Shuningdek, Shri-Lanka, Indoneziya va Malayziya bozorlariga kirish bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda.

2016 yil boshidan buyon O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetkazib berish uch baravarga, Janubiy Koreyaga besh baravarga, BAAga 1,8 baravarga, Germaniyaga 1,6 baravarga oshdi.

O‘tgan 10 oy davomida O‘zbekiston 700 ming tonnaga yaqin qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qildi, yil oxirigacha esa bu ko‘rsatkichni 1 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0