TOShKENT, 30 noya — Sputnik. YouTube videoxosting xizmati Rossiyada yangi qabul qilingan onlayn-kinoteatrlar haqidagi qonun ta’siri ostiga tushib qolishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Nashr xabariga ko‘ra, Mediakommunikatsiya ittifoqining huquqiy qo‘mitasi shunday bayonot qilgan.
Mediakommunikatsiya ittifoqi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi Davlat dumasiga ko‘rib chiqish uchun 25-noyabr kuni kiritilgan edi. Yangi qonun chet el fuqarolariga Rossiyada bir oy davomida 100 mingdan ortiq auditoriyaga ega bo‘lgan professional audio-vizual materiallar joylashtirilgan sahifaga ega bo‘lishni ta’qiqlaydi.
YouTube videoxosting xizmati yangi qonunda ko‘rstatilgan "audio-vizual xizmat tashkilotchisi" tushunchasi ostiga tushishi mumkin. Bunday holda YouTube Rossiya hududini tark etishga majbur bo‘ladi", — deyilgan Mediakommunikatsiya ittifoqining huquqiy qo‘mitasi bayonotida.
YouTube videoxosting xizmatida ham foydalanuvchilar ham professional studiyalar materiallari joylashtirilgan va ushbu materiallarni biridan ikkinchisini ajratishning iloji yo‘q.
Nashr xabariga ko‘ra, bugungi kunda YouTube xizmatiga Rossiya internet-foydalanuvchilarining umumiy traffikidan 30% to‘g‘ri keladi.