Xalqaro qo‘mita Tojikistonda jurnalistlar huquqi poymol bo‘lishiga qarshi chiqmoqda

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov.Jurnalistlar
Jurnalistlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston TIV tomonidan 25-noyabrda qabul qilingan qarorga "tojik prezidentining qizi vazirlikda yuqori lavozimga tayinlanganligi" haqidagi xabar sabab bo‘lgan

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Tojikiston hukumati Svobodnaya Yevropa/Radio Svoboda (RSE/RS) radiolarining olti jurnalisti akkreditatsiyasini zudlik bilan tiklashi lozim, dedi jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (JHQQ).

"Tojikiston hukumati RSE/RS tojik xizmatining olti xodimidan o‘z saytlaridagi ma’lumotni o‘chirishdan bosh tortgani uchun olib qo‘yilgan akkreditatsiyani tiklashi shart", — deyiladi bu boradagi bayonotda.

Tojikiston TIV tomonidan 25-noyabrda qabul qilingan qarorga "tojik prezidentining qizi vazirlikda yuqori lavozimga tayinlanganligi" haqidagi xabar sabab bo‘lgan.

"Radio Ozodi nomi bilan ham taniqli bo‘lgan RSE/RS o‘sha kuni mansabdor va vazirlik saytidagi xabarga asoslanib Emomali Rahmonning qizi Ruxshona Rahmonova TIV boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlanganini xabar qilgan. Boshqa OAV ham shunga o‘xshash xabar tarqatgan", — deyiladi JHQQ tomonidan.

Xabar qilinishicha, "tez orada RSE/RS tojik xizmatiga TIV vakili qo‘ng‘iroq qilib, saytdagi xabarni olib tashlashni, aks holda jurnalistlar akkreditatsiyadan mahrum bo‘lishlarini aytgan".

"Vaziyat o‘zgarmagach, olti nafar jurnalist TIVga chaqirilgan hamda ularning akkreditatsiyasi to‘xtatilgani ma’lum qilingan", — deyiladi xabarda.
JHQQ bu "sabablarni tushuntirmasdan" amalga oshirilgan.

"Jurnalistlarning faoliyatiga xalaqit berish yangilikni ko‘mmaydi, balki unga bo‘lgan e’tiborni yanada oshiradi", — dedi shu munosabat bilan JHQQ ijrochi direktori o‘rinbosari Robert Maxoni.

Yangiliklar lentasi
0