TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Bugun Samarqanddagi "Dinamo" stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Finalda bu yilgi mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan "Lokomotiv" jamoasi Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Shu kunga qadar har ikki jamoa bir martadan kubok sohibi bo‘lishgan: "Lokomotiv" 2014-yilda, "Nasaf" 2015-yilda.
Uchrashuvni Vladislav Seytlin boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Unga qanotlarda Timur Galeyev va Akbar Po‘latov yordam berishadi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi chempionatda "Nasaf" "Lokomotiv"dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.