TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezident saylovi jarayonini yoritish bo‘yicha "Press-klub Elections.uz-2016" o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar qiladi "Darakchi" nashri.
Xususan, jurnalistlar tomonidan so‘nggi vaqtlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekistonga 4-dekabr O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni kirish va chiqishda cheklovlar o‘rnatilishi xususidagi mish-mishlar yuzasidan ekspertlarga savol bilan murojaat qilingan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Muzraf Ikromov quyidagicha javob bergan: "Ortiqcha shov-shuvlar uchun hech qanday asos yo‘q. 4-dekabr kuni mamlakatimiz hududida jamoat transportining barcha turlari odatdagi tartibda ishlaydi. O‘zbekistonga kirish va chiqishda ham hech qanday cheklovlar ko‘zda tutilmagan".