TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘tgan ikki oy davomida bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasiga 217 minta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar statistikasi pm.gov.uz saytida joylashtirilgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, kelib tushgan 216653ta murojaatdan 135 mingtasi ko‘rib chiqilgan va ularga javob berilgan, qolgan 81653 tasi ayni damda hal qilinmoqda.
Murojaatlarning 55 % internet orqali, 41% telefon orqali kelib tushgan. Murojaatlarning aksariyati- 68 278 tasi poytaxt aholisidan tomonidan yuborilgan. Bu asosan internet foydalanuvchilarining Toshkentda joylashgani bilan bog‘liq.
Murojaatlarning eng ko‘p qismi — 68 278tasi Toshkent shahar hokimiyati, 30 715tasi Toshkent viloyati hokimligi, 16256tasi Farg‘ona viloyati hokimligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Shuningdek murojaatlarning katta qismi — 25657tasi Ichki ishlar vazirligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan.