Rossiya aholisining 78% migrantlar kelishiga qarshi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishToshkent-Moskva poyezdi kelishi
Toshkent-Moskva poyezdi kelishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya aholisining aksariyati migrantlar haqida umuman salbiy fikrda, faqat uchdan biri boshqa madaniyatli kishilar bilan yonma-yon yashashga tayyor.

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Rossiyaliklarning asosiy qismi ish beruvchilarga migrantlarni yollash iqtisodiy samarali ekanligiga ishonchi komil, bu haqida Rossiya Jamiyat fikrini o‘rganish markazi xabarida aytilgan, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Jamiyat fikrini o‘rganish borasida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, mahalliy aholining 81 % — ish beruvchilar uchun migrantlarni o‘z foydasi yo‘lida yollaydi, 71%  - migrantlar kamroq oylikka rozi bo‘ladi,  74% — migrantlar noqonuniy ishlaydi   - deb hisoblaydi. Migrantlar bizning ish joylarimizni egallamoqda deb hisoblaydiganlar soni – 67% ni takshkil  qildi.

 

Shahar aholisining 70% va qishloq aholisining 46% o‘zlari yashab turgan hududda migrantlar ko‘pligini sezmoqdamiz deyishgan.

Faqat 36% fuqarolar migrantlar Rossiya iqtisodiga qo‘shimcha daromad keltirmoqda deb hisoblaydi. Shuningdek 57% aholi migrantlar tufayli ayrim xizmatlarni arzonroq sotib olish mumkin degan fikrda.

Rossiyaliklarning aksariyati — 78% migrantlar kirishiga cheklov qo‘yish kerak deb hisoblaydi. Mahalliy aholining faqat 37% migrantlar bilan yonma-yon yashash hayotni qiziqroq qiladi deb hisoblaydi va 30% boshqa madaniyatlarga qiziqish bildirdi.

So‘rov Rossiya Jamiyat fikrini o‘rgani markazi (VSIOM) tomonidan 17-24 noyabr kunlari 130 aholi punktlarida o‘tkazildi. So‘rovda 1600 kishi qatnashdi.

 

Yangiliklar lentasi
0