TOShKENT, 29 noya — Sputnik. "Dordoy" bozori tomi qulashi tufayli yopildi, deb xabar qilmoqda Bishkek shahri hokimligi matbuot-xizmati.
Qirg‘iziston meriyasi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, qulab tushgan tom maydoni 450 kvadrat metrni tashkil qilgan. Xabarlarga ko‘ra, uch nafar ayol jarohatlangan. Ulardan biri og‘ir ahvolda shahar kasalxonasiga olib ketilgan. Ayolning bosh suyagi va miyasi jiddiy shikastlangani aytilmoqda.
© Sputnik / Rasul MuratBishkekdagi "Doroy" bozori tomi odamlar ustiga qulab tushdi
Bishkekdagi "Doroy" bozori tomi odamlar ustiga qulab tushdi
© Sputnik / Rasul Murat
Sputnik Qirg‘iziston tarqatgan xabarlarga muvofiq, hodisa joyida qutqaruvchilar, tez tibbiy yordam stansiyasi shifokorlari va militsiya xodimlari ish olib borishmoqda.
Odamlar bozor hududidan evakuatsiya qilinmoqda, deb yozgan nashr.