Prezident saylovda 35 ming fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi

© Sputnik / Kostis Ntantamis / Mediabankka o‘tishSaylov uchastkasi
Saylov uchastkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezident sayloviga muddatidan oldin ovoz berish saylovdan 10 kun oldin boshlangan edi. Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra 28-noyabr holatiga 35 ming kishi ovoz bergan.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayonida 35 ming kishi qatnashgan, RIA Novosti xabariga asosan.

"28 noyabrning 20:00 da muddatidan oldin ovoz berish uchun saylov uchastkalariga 34,7 ming kishi tashrif buyurdi. Muddatidan oldin ovoz berish davom etmoqda, qonunbuzarliklar kuzatilgani yo‘q", — deyilgan MSQ vakili xabarida.

Belgilangan kuni saylovda ishtirok eta olmaydigan O‘zbekiston fuqarolari muddatidan oldin ovoz berish uchun buning sababini tushuntirib berishlari kerak. O‘zbekistonda muddatidan olin ovoz berish belgilangan saylov kunidan 10 kun oldin boshlanib bir kun oldin tugaydi.

MSQ xabariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti saylovi uchun 9 min saylov uchastkalari tashkil qilingan. Ulardan 44tasi — mamlakat tashqarisida. Saylovda umumiy hisobda 21 million fuqaro qatnashishi kutimoqda.

Yangiliklar lentasi
0