TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston sobiq Ittifoq hududida rivojlanayotgan iqtisodiy integratsiya jarayonlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda, lekin hozircha Yevroosiyo va Bojxona ittifoqiga a’zo bo‘lishni rejallashtirgani yo‘q, dedi RIA Novostiga O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy aloqalar va Investitsiyalar vaziri o‘rinbosari Shavkat To‘laganov.
“O‘zbekiston u yoki bu iqtisodiy ittifoqqa, birinchi navbatda, o‘z manfaatlari yo‘lida a’zo bo‘ladi. Bu borada bizning ustuvor talabimiz – O‘zbekistonda qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir ko‘rsatadigan tuzumga ega bo‘lmaslik. Biz MDH va erkin savdo zonasi a’zosimiz. Ushbu shartnomalar bizga normal savdo va boshqa munosabatlar olib borish imkonini beradi. Bizning mutaxassislarimiz YeOII va Bojxona ittifoqi shartnomalarini chuqur o‘rganib chiqishdi va YeOII va BIga a’zo bo‘lish, bugungi kunda O‘zbekistonga hech qanday yutuq bermay, aksincha, bizning manfaatlarga zarar yetkizishi mumkin ekan”, — dedi Shavkat To‘laganov.
“Iqtisodiy ittifoqlar rivojlanib borishini biz diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Agar iqtisodiy jihatdan bizning manfaatlarga zarar yetmasligiga amin bo‘lsak ularga a’zo bo‘lish masalasini ko‘rib chiqamiz, lekin bugungi kunda bizning o‘z yo‘nalishimiz va o‘z qarorimiz bor, va biz hozircha yangi iqtisodiy ittifoqlarga a’zo bo‘lmoqchi emasmiz”,- deb qo‘shimcha qildi vazir o‘rinbosari.
To‘laganovning so‘zlariga qaraganda, ushbu siyosat 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti saylovidan keyin ham davom ettiriladi. Prezident nomzodlarining hammasi tashqi siyosatda O‘zbekiston birinchi prezidenti belgilagan yo‘nalishda davom etishini aytishdi.