Kolumbiyadagi aviahalokatda "Shapenkoens" klubi himoyachisi tirik qoldi

© NomadaliPaskual Gerrero nomidagi stadion. Kali shahri, Kolumbiya
Paskual Gerrero nomidagi stadion. Kali shahri, Kolumbiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kolumbiyada ro‘y bergan aviahalokatda kamida 13 kishi tirik qolgan

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Seshanba kuni bortida 72 nafar yo‘lovchi, shu jumladan braziliyaning "Shapekoens" klubi futbolchilari bo‘lgan samolyot Kolumbiada qulab tushgani haqida xabar qilingan edi.

Braziliyaning Shapekoense klubi futbolchilari - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor 79" fojiasi takrorlandi - braziliyalik futbolchilar aviahalokatga uchradi
Braziliyalik futbolchilar "Atletiko" bilan Janubiy Amerika kubogi birinchi final uchrashuvida ishtirok etish uchun Kolumbiyaning Medelin shahriga yo‘l olgan edi, deb yozadi nashr.

Sal keyin OAVlarda samolyot qulagan vaqtida portlash ro‘y bermagani va bir nechta yo‘lovchilar tirik qolgani haqida xabar tarqalgan edi.

"Shapenkoens" tarkibidagi birinchi tirik qolgan futbolchi klub himoyachisi 27 yashar Rushel bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu aviahalokatda kamida 13 kishi tirik qolgan.

Yangiliklar lentasi
0