Shoir Bozor Sobir: Islom Karimov tojik xalqining dushmani emasdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti mamlakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘z siyosiy tamoyiliga ega bo‘lgan

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Islom Karimov ko‘pchilik ta’kidlaganidek hech qachon tojik xalqining dushmani bo‘lmagan, dedi tojik shoiri Bozor Sobir Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Faqat Islom Karimovning birinchi navbatda O‘zbekistonning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘z siyosiy tamoyillari bo‘lgan.

"Masalan, uning siyosatga din peshvolarining aralashishiga yo‘l qo‘ymaganligi judayam to‘g‘ri bo‘lgan", — dedi u.

Bozor Sobirning fikricha, Tojikistonda sodir bo‘lgan fuqarolar urushiga o‘sha davrdagi diniy arboblar aybdor.

"Tojikistondagi fuqarolar urushining birinchi raqamli aybdorlari din ulamolaridir", — dedi Bozor Sobir.

Shoir davlat dindan alohida bo‘lishi va din peshvolari siyosat bilan shug‘ullanmasliklari kerak degan qat’iy fikrni bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0