Saylov oldidan OAVlar uchun press-klub tashkil qilindi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tish"Interkontinental Tashkent" mehmonxonasi
Interkontinental Tashkent mehmonxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilgi O‘zbekiston prezidenti saylovi davomida aholini tezkor va xolis axborot bilan ta’minlash maqsadida bir necha mahalliy va chet el elektron OAVlari ishtirokida press-klub tashqil qilindi.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Prezident saylovi arafasida tashkil qilinayotgan press-klub aholini tezkor va xolis axborot bilan ta’minlaydi, deyilgan O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan yuborilgan xatda.

"Mening yurtim", "Sevimli-tv.uz", "Uzreport TV", "Zo'r TV", "Samarqand-STV" nodavlat telekanallari, "Uzbekistan Today" axborot agentligi, "Darakchi inform service" MChJ ishtirokida joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha "Press klub: Saylov.uz-2016" Press-klubi tashkil etildi — deyilgan O‘zbekiston EOAVMA xatida.

Milliy va xorijiy OAV jurnalistlarini o‘z atrofiga birlashtirgan press-klubning asosiy maqsadi aholining saylov jarayoniga oid tezkor va xolis axborotlar bilan ta’minlashdir. Mazkur press-klub 30-noyabrdan 6-dekabrda faoliyat olib boradi.

Press-klub ushbu muhim siyosiy jarayondagi barcha bahs-munozara, muloqot va axborotlar bilan bir qatorda saylov kuni natijalarini ham tezkorlik bilan aholiga yetkazishga xizmat qiladi.

Press klubning ochilishi majlisi 30-noyabr kuni Toshkentdagi "Interkontinental" mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0