Aksiyalar bozori Yaponiya ko‘magida rivojlantiriladi

© AFP 2023 / Mandel NGANYaponiya bayrog‘i
Yaponiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birinchi bosqichda, yaponiyalik professorlar yordamida aksiyalar bozori bo‘yicha mahalliy mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston Davlat Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov korporativ boshqarish va aksiyalar bozorini rivojlantirish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA raisi Katsutoshi Fushimi bilan uchrashshuv o‘tkazdi, deb xabar qildi muassasa matbuot xizmati. 

Uchrashuv davomida Yaponiyadan tajribali o‘qituvchilar yordamida O‘zbekistonda korporativ boshqarish bo‘yicha kurslar tashkil qilish masalalari, o‘zbekistonlik mutaxassilarni Yaponiyaning yetakchi korxonalarida malaka oshirishini tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek uchrashuvda Korprativ kodeks tadbiq qilinganidan keyin erishilgan yaxshi natijalar va  va aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv kengashlarida mustaqil kuzatuvchilar rolini kuchaytirish haqida so‘z yuritildi.

Tomonlar O‘zbekiston aksiyalar bozorini yanada rivojlantirish va ushbu sohada sarmoya fondlari rolini kuchaytirish va bu borada Yaponiyaning yetakchi market-meykerlari tajribasini o‘rganib chiqish masalalarini ham muhokama qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0