Toshkentda ko‘p qavatli avtogarajlar qurilishi boshlandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishKo‘p qavatli avtoturargoh
Ko‘p qavatli avtoturargoh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sirg‘ali tumanining "Sirg‘ali-6" mavzesida joylashgan 400 ta avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtogaraj 2017-yilda ishga tushiriladi

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Toshkent shahrida 4 ta ko‘p qavatli avtogarajlarni qurish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yengil avtomobil haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida shaharning Mirzo Ulug‘bek, Sirg‘ali va Yashnobod tumanlarida 4 ta ko‘p qavatli avtogarajlarni qurish ishlari boshlab yuborildi. Shunday garajlarni barpo etish maqsadida kelgusi 5-yilda yana 84 ta loyiha amalga oshiriladi.

Sirg‘ali tumanining "Sirg‘ali-6" mavzesida joylashgan 400 ta avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtogaraj qurilishiga jami 7,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, u 2017 yilda ishga tushiriladi.

Shuningdek, avtobus, metro va boshqa turdagi jamoat transportlarining faoliyatini kengaytirish borasida ham muhim ishlar amalga oshiriladi.

"Kelgusi 5-yilda umumiy qiymati qariyb 390 milliard so‘m bo‘lgan 4ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shaharda serqatnov, tirband hududlar bo‘yicha 80ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Har yili katta va o‘rta sig‘imdagi 100ta avtobus xarid qilinadi. Bu maqsadlarga mahalliy budjet hisobidan 335 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi",  – degan Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0