TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Oxirgi sutka davomida Aleppo Sharqida jangarilar qo‘lida bo‘lgan Djabal-Bidaru tumanidan 903 nafar tinch aholi, jumladan 119 ta bola tark etdi, RIA Novosti Suriyadagi Rossiya Yarashtiruv markazi xabariga asoan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Aleppoda turli jangari to‘dalari orasida ham o‘zaro mojarolar kuchaygan. Bunga sabab shaharni tark etmoqchi bo‘lgan jangarilarga boshqa radikal to‘dalar xalal bermoqda. Jangarilar to‘dalari orasida o‘zaro to‘qnashuvlar tez-tez bo‘lib turmoqda”, deyilgan xabarda.
Undan tashqari shahar aholisi ham jangarilar zulmiga qarshi namoyishlar o‘tkazmoqda. El-Kasidiya, Haydariya va Xanonvo tumanlari aholisi bosimi ostida ushbu hududlarni to‘rt yildan beri egallab kelgan jangarilar, u yerdan ketishga majbul bo‘lishdi.