Maradona Fidel Kastroni "ikkinchi otam" deb atadi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDiyego Maradona
Diyego Maradona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bugun men uchun eng dahshatli kun. Eng buyuk inson vafot etgani haqidagi xabarni eshitdim. Shum xabarni eshitib, qichqirib yubordim, chunki u menga otamday bo‘lib qolgan edi", - degan Maradona

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Argentinalik mashhur futbolchi Diyego Maradona Fidel Kastroni "ikkinchi otam", deb atadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kastro - Sputnik O‘zbekiston
Fidel Kastro vafot etdi
"Menga Buenos-Ayresdan qo‘ng‘iroq qilishdi, men shok holatiga tushdim. Bugun hayotimdagi eng yomon kun, menga eng buyuk insonning vafoti haqida xabar qilishdi. Men dahshatli ovozda qichqirib yubordim, negaki u kishi mening ikkinchi otamday bo‘lib qolgan edilar", — deb aytgan ayni vaqtda Xorvatiyada bo‘lgan Maradona.

"Menga ko‘plab himmat ko‘rsatgan Raul Kastro, uning farzandlari va Kuba xalqi bilan birga bo‘lmoqchiman va do‘stim Fidel bilan vidolashmoqchiman. Mening hayotim uchun unga chuqur minnatdorchilik bildirmoqchiman", — deb aytgan Maradona.

Futbolchining so‘zlariga qaraganda, Kastro oxir-oqibat unga giyohvandlik balosidan qutulishda yordam bergan. "U men bilan giyohvand moddalar, tiklanish va men buni uddalay olishi haqida juda ko‘p gaplashgan", — deya ta’kidlab o‘tgan futbolchi.

Futbolchi bir necha yil Kubada istiqomat qilgan va u yerda giyohvand moddalarga tobelikdan davolangan. Maradonaning tanasidagi tatuirovkalardan birida Fidel Kastro aks etgan.

Yangiliklar lentasi
0