Kelgusi yilda Amudaryo ustidan O‘zbekiston va Turkmanistonni bog‘lovchi ko‘priklar quriladi

© Flickr / ResoluteSupportMediaAmudaryo ustidan o‘tkazilgan ko‘prik
Amudaryo ustidan o‘tkazilgan ko‘prik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda Ashxabodda BMT boshchiligida o‘tayotgan barqaror transport bo‘yicha birinchi global anjumanda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov xabar qilgan

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. 2017-yil boshida Amudaryo ustidan O‘zbekiston va Turkmaniston transport magistrallarini bog‘lovchi avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari qurilishi boshlanadi, deb bayonot qildi Turkmaniston prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligi ostida Ashxobodda o‘tkazilayotgan barqaror transport bo‘yicha birinchi global anjumanda. Turkmaniston bugun nashri ma’lumoti asosida.

"Kelgusi yil boshida Amudaryo ustidan o‘tadigan mintaqadagi eng yirik avtomobil va temir yo‘l transporti ko‘priklari ekspluatatsiyaga kiritiladi. Trasport magistrallari O‘zbekiston va Turkmanistonni bog‘laydi. Bu ikki davlat yo‘nalishida transport oqimlari harakatlarini ancha tezlashtiradi", — deb ta’kidlagan Gurbanguli Berdimuhammedov.

Yangiliklar lentasi
0