Yagona portalda murojaatlarni elektron imzosiz berish mumkin bo‘ldi

© Jeshu JohnKompyuter foydalanuvchisi
Kompyuter foydalanuvchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh vazirning virtual qabulxonasiga fuqarolardan elektron raqamli imzoni bekor qilish haqida ko‘plab murojaatlar tushgani sababli Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali murojaatlarni elektron raqamli imzosiz yuborish mumkin bo‘ldi

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Bosh vazirning virtual qabulxonasiga fuqarolardan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (YaIDXP) orqali murojaat yo‘llaganda elektron raqamli imzoning (ERI) mavjud bo‘lishi shartligini bekor qilish haqida ko‘plab iltimoslar tushdi. Shu munosabat bilan murojaatlarni Yagona portal orqali ERIsiz ham yuborish imkoniyatini ta’minlashga qaror qilindi.

Natijada fuqarolar Yagona portal orqali istalgan davlat idorasiga ERIsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega bo‘ldilar, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Azimovning virtual qabulxonasi ochildi

Yagona portal vositasida fuqarolar elektron raqamli imzoga ega bo‘lmasdan turib ham davlat tashkilotlari rahbarlarining qabuliga yozilishlari mumkin edi.
Fuqarolarga Yagona portal bilan ishlashni yengillashtirish va unga kirish imkoniyatini kengaytirish uchun foydalanuvchi portalning o‘zidagi tizim orqali, ID.UZ hamda UzCard tizimlari orqali o‘ziga qulay yo‘l bilan portalga kirishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari muayan muammo-masala yuzasidan murojaat yuborishda pm.gov.uz va my.gov.uz kabi asosiy elektron vositalar bilan birga vazirlik va idoralarning rasmiy veb saytlari qoshida faoliyati tashkil etilayotgan davlat organlari rahbarlarining shaxsiy virtual qabulxonalaridan ham foydalanishlari mumkin. Mazkur usulda yo‘llangan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi ham muddat, ham sifat jihatidan yuqoridagilarniki bilan bir xil bo‘lishi belgilangan.

Davlat rahbariyati, vazirlik, idoralar rahbarlariga bevosita murojaat qilishning vositalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur tadbirlar O‘zbekistonning barcha fuqarolari uchun hukumatning yanada ochiq va qulay bo‘lishiga zamin yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0