O‘zbekistonda yangi haftadan sovuq harorat chekina boshlaydi

© Sputnik / Igor Katayev / Mediabankka o‘tishSovuq ob-havo
Sovuq ob-havo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi hafta boshidan sovuq harorat chekina boshlaydi, havo isiydi. Yangi hafta o‘rtasida tungi sovuqlar -2 -5 ˚S chekinadi, kunduzi esa +5 +10 ˚S gacha kuzatiladi

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekistonda bir nechta harorat rekordini ortda qoldirgan anomal sovuq haroratli hafta yakuniga yetmoqda, deb xabar qilgan Darakchi nashri.

22 noyabr kuni absolyut minimum harorat Buxoroda qayd etildi, bu yerda harorat minus 13,3˚S sovuqni tashkil qildi. Avvalroq bunday rekord 1931-yilda o‘rnatilgan edi – 11,6 ˚S. Shuningdek eng sovuq kun 22-noyabr kuni Navoiyda ham qayd etildi (13,0˚S sovuq), Urganchda rekord takrorlandi (18,1˚S sovuq).

O‘zgidrometdan xabar berishlaricha, O‘zbekistonda noyabr oyining so‘nggi dekadasi uchun bunday sovuq xos emas. Ammo meteokuzatuvlarning tarixida bundan ham sovuq rekordlar qayd etilgan. Bunday havo anomaliyasi 1910 va 1954-yillarda kuzatilgan, o‘shanda termometr ko‘rsatkichi minus 22 darajaga tushirgan.

Yangi hafta boshidan sovuq harorat chekina boshlaydi, havo isiydi. Yangi hafta o‘rtasida tungi sovuqlar —2 —5 ˚S chekinadi, kunduzi esa +5 +10 ˚S gacha kuzatiladi. Dekabrning dastlabki kunlarida iliq harorat hukmronlik qiladi.

Yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.

Biroq aytish joizki, iliq havo kelishidan oldin bizni yana bir sinov kutmoqda. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi sovuq kuchayadi va bizni barcha davrlarning eng sovuq tuni kutadi. Xususan, Toshkentda termometr ustuni 10-12 ˚S pasayadi, 19-noyabr kuni ushbu ko‘rsatkich 8 ˚S sovuqdan tushmagan. Yakshanba esa kun isiydi  +2 ˚S gacha.

Yangiliklar lentasi
0