Olma-Ota ko‘chalari kalamushlarga to‘lib ketdi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishKalamush
Kalamush - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olma-Ota ko‘chalaridagi ahvolga, shaharliklarning o‘zlari aybdor degan xulosaga kelindi

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Qozog‘iston poytaxti ko‘chalarida shu kunlarda semiz kalamushlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda, deb xabar qilgan Sputnik Qozog‘iston nashri.

"Sovuq tushishi bilan o‘z inlariga, yoxud yer ostida, issiq joylarda berkinib oladigan kalamushlarning ko‘chalarni to‘ldirib tashlayotganiga shahar aholisining o‘zi aybdor. Ular duchkelgan joyga oziq-ovqat qoldiqlarini tashlamasliklari kerak", — deb izoh bergan nashrga Qozog‘iston Milliy Iqtisodiyoti vazirligi iste’molchilar huquqini himoya qilish qo‘mitasi departamenti rahbarining o‘rinbosari Karligash Abdijabbarov.

Ilgariroq olma-otaliklar ijtimoiy tarmoqlarda odamlardan umuman cho‘chimay, ko‘chalarda bemalol yugurib yurgan bir talay semiz kalamushlar aks etgan videoroliklarni internetga joylashtirgan edilar.

Video roliklar tagida qoldirilgan izohlarda kimdir ushbu ayanchli holat hukumat harakatsizligi tufayli yuz bergan, deb yozgan bo‘lsa, kimdir buning sababini mushuklarning kamayib ketganligida ko‘rgan.

Yangiliklar lentasi
0