Ikkinchi Dreamliner Dubayga parvoz qildi

© UzairwaysO‘zbekiston milliy aviakompaniyasi xodimalari
O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi xodimalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik yo‘lovchilar hech qanday to‘xtalishlarsiz qulay sharoitlarda manzillariga yetib olishlari mumkin

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. 23 noyabr kuni "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasiga qarashli ikkinchi Boeing 787 Dreamliner samolyoti Toshkent — Dubay — Toshkent reysi bo‘yicha o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi, deb xabar berildi kompaniya saytida.

Ikkinchi "orzu layneri" aviakompaniya parkiga 5-noyabr kuni keltirilgandi. Birinchi Dreamliner esa sentabrda xalqaro yo‘nalishlarda parvoz qilishni boshlab yuborgan. U Dubay, Dehli, Istanbul, Tel-Aviv, Olmaota va Moskvaga parvozlarni amalga oshirdi.

Endilikda yangi samolyotlar Atlantika yo‘nalishida uzoq masofaga to‘xtovsiz parvozlarni amalga oshiradi. O‘zbekistonlik yo‘lovchilar hech qanday to‘xtalishlarsiz qulay sharoitlarda manzillariga yetib olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0