Toshkent va Farg‘ona vodiysida yer qimirladi

© Getty ImagesSeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zilzila Toshkentda 3 ball, Andijonda — 3−4, Farg‘onada — 4, Namanganda — 3−4 ball kuch bilan sezilgan

TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 19.19 va 19.25da ikki marta yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda "Toshkent" seysmologiya stansiyasi ma’lumotiga tayanib O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Zilzila o‘chog‘i  Toshkent shahridan 410 km sharqda, Xitoy hududida joylashgan bo‘lib, epimarkazda zilzila kuchi 5,6 va 6,8 ballni tashkil qilgan.

Zilzila Toshkentda 3 ball, Andijonda — 3−4, Farg‘onada — 4, Namanganda — 3−4 ball kuch bilan sezilgan.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yashovchilar zilzila kuchini sezishmadi. Vayronagarlik va qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0