Ozarbayjonda Navoiyning milliy adabiyotga ta’siri muhokama qilindi

© jahonnewsAlisher Navoiyga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
Alisher Navoiyga bag‘ishlangan xalqaro anjuman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anjuman ishtirokchilari O‘zbekistonda atoqli shoir merosini o‘rganish va uning asarlari yoshlar orasida ommalashishi borasida qanday ishlar amalga oshirilayotganidan voqif bo‘ldilar

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasida qoshidagi Nizomiy nomidagi adabiyot institutida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada Alisher Navoiyning Ozarbayjon adabiyotiga ko‘rsatgan ta’siri muhokama qilindi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

O‘zbekistonning Bokudagi diplomatik vakolatxonasi, Ozarbayjon MFA va Nizomiy nomidagi adabiyot instituti tomonidan tashkil etilgan "Alisher Navoiy va Ozarbayjon adabiyoti" deb nomlangan konferensiyada Milliy majlis fan va ta’lim qo‘mitasi, qo‘lozmalar instituti vakillari, taniqli navoiyshunoslar, shoir va yozuvchilar ishtirok etdilar.

"Ozarbayjonda Alisher Navoiy Nizomiy va Fuzuliylar bilan bir qatorda turadi, uning asarlari mamlakatimiz tarixchilari tomonidan qunt bilan o‘rganiladi, ozarbayjon tiliga o‘girilgan asarlarning asl nusxalari esa qo‘lozmalar institutida ko‘z qorachig‘idek asrab kelinmoqda. Ta’kidlash joizki, bizning ijod ahlimiz ham Navoiyni O‘zbekistonda sevishganidek sevishadi. Navoiyni e’zozlashadi va ozarbayjon adabiyoti rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan ustoz sifatida qabul qilishadi", — dedi Ozarbayjon milliy fanlar akademiyasi vitse-prezident Isa Gabibbeyli.

Konferensiyada Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti katta o‘qituvchisi, "O‘zbekiston — Ozarbayjon" do‘stlik jamiyati hamraisi Gulbahor Ashurova "Tarixiy qarashlar va mustaqillik davrida navoiyshunoslik" ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekistonda atoqli shoir merosini o‘rganish va uning asarlari yoshlar orasida ommalashishi borasida qanday ishlar amalga oshirilayotganidan voqif bo‘ldilar. Buyuk shoirga bag‘ishlab fotomateriallar, uning ozarbayjon va o‘zbek tillarida nashr etilgan kitoblari, uning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan jurnal va risolalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

© jahonnewsAlisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman
Mejdunarodnaya konferensiya v Baku, posvashennaya tvorchestvu Alishera Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman

"Faxr bilan e’tirof etishim mumkinki, Ozarbayjonda buyuk mutafakkirning "Muhokamatul- lug‘atayn" asari ozarbayjon tilida ilk marta 1902-yilda chop etilgan, uning ijodini chuqur o‘rganish esa 1907-yildan boshlangan", — dedi Nizomiy nomidagi adabiyot institutining ozarbayjon-turkman-o‘zbek tillari kafedrasi mudirasi Almaz Ulvi Binnatova.

Konferensiya ma’ruzachilari Alisher Navoiy ijodi o‘zbek tilining rivojlanishi, turk adabiyotining shakllanishi hamda ozarbayjon madaniyati va she’riyatiga katta ta’sir ko‘rsatganligini e’tirof etishdi.

Yangiliklar lentasi
0