Samarqandda 15ta sayyohlik obyektlari restavratsiya qilinadi

Obuna bo‘lish
Ayni kunda Samarqandga tashrif buyurayotgan sayyohlar 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz) ilova qilingan mobil ma’lumotlarga tayangan holda, hududda erkin harakat qilish imkoniga ega, deb ta’kidlamoqda "O‘zbekturizm"

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. 2016-2017 yillarda Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirish doirasida 15 ta madaniy meros obyekti restavratsiya qilinadi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi matbuot xizmati.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu obyektlar yaqinida joylashgan hududlarda ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

"Ayni kungacha madaniy merosga aloqador 10ta obyekt restavratsiyadan o‘tkazilgan, "Afrosiyob" muzeyi ham ana shular jumlasidan.

Shuningdek, Ruhobod ibodatxonasi devorlari yanada mustahkamlandi, Mahdumi Xorazmiy masjidining ichki qismi, G‘ishtli masjidi binosining ichki devorlari, tomining chiki va tashqi qismi ta’mirlandi.

Nurobo tumanida Hazrati Dovud g‘ori to‘liq qayta tiklandi. Sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan yangi obyektlar ishga tushirildi"", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0