Rossiyaga kelayotgan barcha chet elliklardan barmoq izlari olinadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDaktiloskopiya
Daktiloskopiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya inson huqularini himoya qilish qo‘mitasi raisi Tatyana Moskalkovaning so‘zlariga qaraganda ushbu ish, avvalombor, chet elliklar xavfsizligi uchun amalga oshirilmoqda.

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya IIV kelasi yildan boshlab, kirib kelayotgan barcha chet el fuqarolarini, majburiy daktiloskopiya (barmoq izlarini olish) qilishni tadbiq qilmoqchi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

“Biz kelasi yil boshidan boshlab Rossiyaga kelayotgan barcha chet el fuqarolarini daktiloskopiya qilish tartibini boshlamoqchimiz”, — dedi Ichki Ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Federatsiya Kengashida.

Uning so‘zlariga qaraganda, IIV ushbu maslani MDH davlatlarining taaluqli muassasalari va TIV yo‘nalishi bo‘yicha muhokama qilishni rejalashtirgan.

Bundan oldin, sobiq FMX rahbari Konstantin Romodanovskiy Rossiyada ikki yildan buyon mehnat migrantlarini daktiloskopiya qilish tartibiy joriy etilganini va 7 mln kishi ushbu jarayondan o‘tganini xabar bergan edi.

Rossiya inson huqularini himoya qilish qo‘mitasi raisi Tatyana Moskalkovaning so‘zlariga qaraganda ushbu ish, avvalombor, migrantlarning o‘zlari xavfsizligi uchun amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0