Qishda mashina haydash sirlari

Obuna bo‘lish
Qishda avtomobil haydash yozdagidan jiddiy farq qiladi. Qishda avtomobillar orasidagi masofa, tezlik, tormoz va gazni qanday bosish o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Undan tashqari haydovchidan diqqatli va xushmuomala bo‘lish talab qilinadi.

 

Yo‘l sirpanchiq bo‘lganda, avvalombor, avtomobillar orasidagi masofani uzaytirish kerak, chunki har qanday kutilmagan hodisa yuz berganda, ushbu masofa sizni avariyadan saqlab qolishi mumkin.

Haydash tezligi odatdagidan ko‘ra past bo‘lishi kerak, chunki yo‘l usti muz yoki qor bilan qoplangan hollarda to‘xtash uchun 2-3 baravar uzoqroq masofa kerak bo‘ladi.

Uchinchidan tormoz va gaz pedallarini faqat yo‘lning to‘g‘ri bo‘laklarida bosish kerak. Buralishda tomoz yoki gazni bosganda avtomobil o‘z yo‘nalishini yo‘qotishi muqarrar.

Shuningdek, haydovchidan ham odatdagidan ko‘ra o‘ta diqqatli bo‘lish talab etiladi. U nafaqat atrofni diqqat bilan kuzatishi, balkim eshitishi ham kerak. 

Haydovchilik hunaridan tashqari qish mavsumiga avtomobilni ham oldindan tayyorlash kerak.

Tajribali haydovchilar qishdan oldin avtomobil moyini almashtirishadi. Chunki yangi moyning moylash xususiyati yuqori bo‘lib u sovuqda dvigatelni osonroq o‘t oldirish va uning detllari kamroq yedirilishini ta’minlaydi.

Shuningdek avtomobil salonini qish mavsumida toza va quruq saqlash uchun cheti baland rezina gilamchalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Qishda mashina haydashning ushbu va boshqa sirlari bilan bizning infografikada tanishing.

 

Yangiliklar lentasi
0