OAV: Joan Rouling suriyalik qizaloqqa Garri Potter haqidagi kitoblarni yubordi

© AFP / ANGELA WEISSJoan Rouling
Joan Rouling - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sal oldin yetti yashar Bana Alabedning onasi Roulingning Twitterdagi mikroblogiga xat yo‘llab, qizi "tirik qolgan bolakay" haqidagi kitoblarni o‘qishni juda-juda xohlashi haqida ma’lum qilgan edi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling Suriyaning Alepposidan bo‘lgan mittigina muxlisiga Garri Potter haqidagi kitoblarning elektron versiyasini yubordi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Daily Telegraghga tayangan holda.

Sal oldin yetti yashar Bana Alabedning onasi Roulingning Twitterdagi mikroblogiga xat yo‘llab, qizi "tirik qolgan bolakay" haqidagi kitoblarni o‘qishni juda-juda xohlashini aytgan edi. Ayol, shuningdek, "Aleppoda Garri Potter haqidagi kitoblarni topishning umuman iloji yo‘q", deya qo‘shimcha qilgan.

Shundan so‘ng, Rouling qizaloqqa o‘z kitoblarining elektron shaklini yuborishga qaror qilgan. Yuborilgan kitoblar qaysi tilda bo‘lgani esa, hozircha aniq emas. Nashrda yozilishicha, ayni vaqtda qizaloq o‘z ota-onasi bilan birgalikda ushbu kitoblarni mutolaa qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Roulingning Garri Potter haqidagi yettita romani jami 400 million nusxada chop etilgan bo‘lib, dunyoning 65ta tiliga tarjima qilingan. Roulingning 2016-yilda Buyuk Britaniyada dunyo yuzini ko‘rgan "Garri Potter va la’natlangan bola" nomli yakunlovchi romani esa eng xaridorgir kitob bo‘lib, mashhurlikda hatto, "Romeo va Julyetta"ni ortda qoldirgan.

Yangiliklar lentasi
0