Toshkent moda haftaligi: urfga aylangan an’analar

© Sputnik / StringerToshkentdagi moda haftaligi
Toshkentdagi moda haftaligi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haftalik an’anaviy milliy liboslar namoyishi va o‘zbek badiiy matolari ko‘rgazmasi bilan boshlandi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Toshkent moda haftaligi — Tashkent Fashion Week (TFW) boshlandi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. 
Modalar ko‘rgazmasidagi ilk so‘zni an’anaviy milliy liboslar tayyorlashga ixtisoslashgan mahalliy dizaynerlar aytdilar. Haftalik an’anaviy milliy liboslar namoyishi va o‘zbek badiiy matolari ko‘rgazmasi bilan boshlandi.

Shubhasiz, tashkilotchilar bu bilan xorijliklarni nafaqat har bir hududning o‘ziga xos jihatlari orqali bir-biridan farq qiluvchi an’anaviy milliy liboslar tarixi bilan tanishtirish, balki mahalliy ommaga tub milliy uslublar asosida zamonaviy liboslarni namoyish etishni maqsad qilganlar.

© Sputnik / StringerToshkentdagi moda haftaligi
Nedelya modi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi moda haftaligi

Sahna Toshkent-Farg‘ona, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm-Qoraqalpog‘iston hududlariga ajratildi. O‘sha oqshom ommaga namoyish etilgan barcha 50 etnografik libos o‘zbek milliy kiyimlari tarixi nuqtayi nazaridan qimmatlidir. Mutaxassislar bu liboslar XIX asr o‘rtalari —XX asr boshlaridagi milliy liboslarni ifoda etishini bildirdilar. Bu liboslar respublika muzey fondlarida saqlanayotgan asl namunalar asosida tayyorlangan.

© Sputnik / StringerToshkentdagi moda haftaligi
Nedelya modi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi moda haftaligi

Osiyo Ramzi O‘zbekiston dizaynerlar assotsiatsiyasi vakilasi Malika Tojiboyevaning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga aytishicha, barcha ishlar qo‘lda tikilgan, tikuv mashinasidan umuman foydalanilmagan. Kolleksiyada mahalliy dizaynerlar hamda Toshkent yengil sanoat va to‘qimachilik instituti talabalari ishlari taqdim etildi.

"O‘tgan yilgi namoyishimizdan so‘ng viloyatlardagi ko‘plab mahalliy dizaynerlar va talabalar uylarida meros sifatida saqlanayotgan tarixiy liboslarni bizga keltirishdi. Ana shu liboslar asosida institutda bugungi liboslar tayyorlandi. Milliy liboslar tarixi nuqtayi nazaridan har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan etnografik liboslar kolleksiyasi shu tarzda dunyoga keldi", — dedi u.

Milliy matolar ko‘rgazmasida mehmonlar nafaqat o‘zbek milliy liboslari, balki dunyoni hayratga solayotgan zamonaviy liboslar tayyorlanadigan matolarni o‘z qo‘llari bilan ushlab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu yerda ikat, adras, ekselsior, baxmal va albatta o‘z davrida Oscar de la Renta, Gucci, Dries Van Noten, Balenciagalarga ilhom bag‘ishlagan takrorlanmas naqshlarni ko‘rish mumkin edi.

© Sputnik / StringerToshkentdagi moda haftaligi
Nedelya modi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi moda haftaligi

O‘zbek matolari Toshkent moda haftaligining bugungi mehmoni, xitoylik dizayner Sie Jiatsini ham ilhomlantirdi. U o‘zbek matolaridagi naqshlardan foydalanib kolleksiya yaratdi. Dizaynerning aytishicha, u bu naqshlarni internet orqali topgan. U O‘zbekistonga tashrif buyurgani va o‘zbek milliy matolarini o‘z qo‘llari bilan ushlab ko‘rganidan xursandligini yashirmadi.

"Men bu matolarni sevaman. Ulardan foydalanib hali ko‘p liboslar yarataman", — dedi xitoylik dizayner.

© Sputnik / StringerToshkentdagi moda haftaligi
Nedelya modi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi moda haftaligi

Ko‘rgazmada marg‘ilonlik taniqli ustalar — Mansur Mirzaxonov, Abrormirza Musinov, Muhammadumar Yusufjonov va Rasul Mirzaahmedovlar ham o‘z matolari bilan qatnashdilar. Bundan tashqari, Marg‘ilondagi "Yodgorlik" to‘quv fabrikasi ham o‘z ishlarini namoyish etdi.

Sputnik O‘zbekiston muxbirlari Toshkentdagi moda haftaligini kuzatishda davom etadilar. Bugun "fashion-sanoatda innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar" mavzuyida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi. Unda Italiya moda palatasi faxriy prezidenti Mario Bozelli (Mario Boselli), Italiya bayerlar palatasi prezidenti Mario Dellolio (Mario Dell'Oglio), Latviya kiyim palatasi raisi Dita Danosa (Dita Danosa), Shanxay kiyim savdosi assotsiatsiyasi bosh direktori Jinxay (Sun Jinhai) hamda xorijlik dizayner va mahalliy mutaxassislar ishtirok etadilar. Oqshomda #beyoung yosh dizaynerlarining ikkita namoyishi bo‘lib o‘tadi.

© Sputnik / StringerToshkentdagi moda haftaligi
Nedelya modi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi moda haftaligi
Yangiliklar lentasi
0