Toshkentda "Bolalik dunyosi" ko‘rgazmasi ish boshladi

© Sputnik / StringerToshkentdagi bolalar ko‘rgazmasi
Toshkentdagi bolalar ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda o‘yinchoq ishlab chiqarish sanoati endigina o‘zining rivojlanish bosqichida, lekin bozor salohiyati juda ulkan

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar majmuasida "Bolalik dunyosi" (Kinder Expo Uzbekistan-2016) — bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar ko‘rgazmasi ish boshladi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Nisbatan yosh bo‘lishiga qaramasdan – tadbir tashkil etilganiga atigi besh yil bo‘ldi va O‘zbekistonda sanoatning bu sohasi hali yetarlicha rivojlanmagan bo‘lsa-da, ko‘rgazmaga bo‘lgan qiziqish va uning miqyosi yildan-yilga oshib bormoqda.  

Ikki yilgina oldin ko‘rgazma stendlarida 10-20ta kompaniya mahsulotlari namoyish etilgandi. Bugun esa Toshkentda 8 davlat: Germaniya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Finlyandiya va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 45dan ortiq kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi.

© Sputnik / StringerToshkentdagi bolalar ko‘rgazmasi
Detskaya vistavka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi bolalar ko‘rgazmasi

Tashkilotchilar bu yilgi tadbirni rejalashtirishga ijodiy yondashdilar. Eng asosiy tashrif buyuruvchilar – bolajonlarni turli ranglardagi sharlardan tayyorlangan arkalar, ertak va multfilm qahramonlari kutib oldi. Stendlar bo‘ylab ulkan kapalak va parilar parvoz qildi, bolalar yonidan superqahramonlar o‘tib turishdi.

Bularning bari bolalarga cheksiz quvonch bag‘ishladi, ular turli ertak qahramonlari – quyon Rojer va cho‘chqacha Peppidan tortib parilar ko‘rinishida kiyinib olgan aktorlar bilan suratga tushdilar.

Pavilon markazidagi katta sahnada bolalarga fokuschi va masxarabozlar o‘z san’atlarini namoyish etdilar. Ko‘rgazmaning dastlabki soatidayoq bu yerga 1000dan ortiq bolalar va ularning ota-onalari keldi. Uch kun davomida nechta bola bu yerga tashrif buyurganining esa sanab sanog‘iga yetib bo‘lmaydi.

© Sputnik / StringerToshkentdagi bolalar ko‘rgazmasi
Detskaya vistavka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi bolalar ko‘rgazmasi

Bu yilgi dasturda  "aqlli o‘yinchoqlar" yoki fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchilarga urg‘u berilmoqda. Eng muhimi, ko‘rgazmaning aksariyat qismini keng turdagi yechimga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari egalladi.

"O‘zbekistonda o‘yinchoq ishlab chiqarish sanoati endigina o‘zining rivojlanish bosqichida, lekin bozor salohiyati juda ulkan, zero respublikamiz bolajon mamlakat. Bundan tashqari, bu yerda zarur arzon xom ashyo — turk va xitoy o‘yinchoqlaridan sifati qolishmaydigan va narxi arzon o‘yinchoqlar ishlab chiqarish uchun plastmassa, plastik va boshqa xom ashyolar yetarli.

Biz bolalar uchun tafakkurni rivojlantiradigan o‘yinchoqlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganmiz. Bular turli konstruktorlar, kubiklar, bloklar va shu kabi o‘yinchoqlardir", — dedi Optima Best Plast kompaniyasi vakili Dilshod Mirkomilov Sputnik muxbiriga.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan 20dan ortiq turdagi bolalar o‘yinchoqlarining barchasi mahalliy xom ashyo – Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi polietilenidan tayyorlanadi.

© Sputnik / StringerToshkentdagi bolalar ko‘rgazmasi
Detskaya vistavka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi bolalar ko‘rgazmasi
Yangiliklar lentasi
0