TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Tailand vazirlar mahkamasi 19 mamlakat, jumladan O‘zbekiston, Ukraina, Qozog‘iston, Latviya va Litvadan keladigan sayyohlar uchun viza yig‘imini bekor qilish va mamlakatga tashrif buyurganlik uchun viza to‘lovini ikki baravar kamaytirish haqida qaror qabul qildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.
"1 dekabrdan 28-fevralga qadar dunyoning 19 mamlakatidan keladigan sayyohlar uchun Tailand elchixonasi va konsulxonalarida olinadigan 1000 bat miqdoridagi viza yig‘imi bekor qilinadi", — dedi bosh vazir devonxonasi vaziri o‘rinbosari Apxisit Chayanuvat.
Ilgariroq Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini bekor qilganligi ma’lum qilingandi.
Tailand hukumatining bunday qadami mamlakat kurortlariga o‘zbekistonlik sayyohlarning ko‘proq jalb etilishini ta’minlaydi.