TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Moskvadan Tula viloyatiga yo‘l olgan shaharlararo avtobus salonida qo‘lbola portlovchi moslama topildi, deb xabar berdi "Moskva" agentligi.
"Orexoviy bulvarda bo‘lgan "Novomoskovsk — Moskva" yo‘nalishidagi avtobusdan qo‘lbola portlovchi moslama topildi", — dedi agentlik suhbatdoshi.
"Moslama avtobusdan chiqarib olindi, jabrlanganlar yo‘q. Mutaxassislar ishlashda davom etishmoqda", — dedi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyiga saporlar yetib kelishgan.