Putin: Murakkab sharoitga qaramay, fan sohasida tejamkorlik qilmasligimiz kerak

Obuna bo‘lish
23 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fan va ta’lim bo‘yicha Kengash majlisini o‘tkazdi. Majlisda Rossiyani ilmiy va texnologik jihatdan rivojlantirish strategiyasi loyihasi ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti fundamental fanda tejamkorlik qilmaslikka chaqirdi. "Chunki bu kelajakda mamlakatni oqsoqlantirishi mumkin, ilm-fanni moliyalashtirish hajmi YaIM foizida saqlanib qolishi kerak", — deya tushuntirdi Vladimir Putin. RIA Novosti xabari asosida.

"Murakkab sharoitga qaramay, fundamental fanlarga qilinadigan harajatlar darajasini YaIM foizida saqlab qolish lozim. Bugun shu yerda iqtisod qilib, biz, shak-shubhasiz, ertaga ortda qolishimiz mumkin. Biz esa bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Shu bois, yaqin ikki-uchda fundamental ilmni YaIM foizida saqlab qolish uchun budjet mablag‘lari bilan bir qatorda nodavlat mablag‘larni ham yo‘naltiramiz", — deb ta’kidladi Putin Kremlda o‘tgan majlis davomida.

Yangiliklar lentasi
0