Istanbulda O‘zbekistonlik shohid-terrorchi qo‘lga olindi

© Sputnik / Igor ZaremboJinoyatchining qo‘lga olinishi
Jinoyatchining qo‘lga olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Istanbulda qo‘lga olingan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining ismi-sharifi shohid-terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Turkiya hukumati maxsus operatsiya davomida shohid-terrorchi sifatida gumonlanayotgan ikki shaxsni qo‘lga oldi, ular Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolaridir, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Yeni Safak nashriga tayangan holda.

"Qo‘lga olinganlar "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi a’zosi bo‘lishgan", — deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olinganlar Turkiya orqali Suriyaga o‘tib ketishni mo‘ljallaganlar. Ular sud tomonidan hibsga olingan.

Ular bilan birgalikda yana bir O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari qo‘lga olingan bo‘lib, ular tez kunda Turkiyadan deportatsiya qilinishi aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0