TOShKENT, 22 noya — Sputnik. 28-noyabrdan 2-dekabrga qadar Addis-Abebada Nomoddiy madaniy meroslarni qo‘riqlash bo‘yicha qo‘mitaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Mazkur majlisda Navro‘z bayramini madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritish taklifi ko‘rib chiqiladi. Bu haqda BMT yangiliklar markazi xabar bermoqda.
Tegishli ariza bir guruh davlatlar — Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan berilgan.
Majlisda YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga mashhur odatlar va ijod shakllari — an’anaviy qo‘shiqlar, urf-odatlar va bayramlarni kiritish uchun berilgan 37 ta yangi ariza ko‘rib chiqiladi.
Nomoddiy madaniy meroslarni qo‘riqlash bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita Nomoddiy madaniy merosni qo‘riqlash haqidagi konvensiya doirasida tashkil etilgan.
Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan bugungi kungacha 336 unsur o‘rin olgan.