O‘zbekistonda arxitektura yodgorliklari 3D tasvirga olinadi

Obuna bo‘lish
2017 yilda madaniyat yodgorliklari rekonstruksiyasi uchun davlat tomonidan kamida 25 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi kutilmoqda

TOShKENT, 21 noya – Sputnik. Tez orada O‘zbekistonda moddiy madaniy meros obyektlarining 3D tasvirli kadastrini yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda nuz.uz xabar berdi. Tasvirlar ushbu maqsad uchun maxsus keltiriladigan zamonaviy uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida olinadi. Mazkur suratlar shuningdek, obidalarning hozirgi holatini aniqlash imkonini ham beradi.

Bu haqda O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligining madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Zoirov ma’lum qildi.

Bugungi kunga kelib boshqarma tomonidan mingdan ortiq tarixiy yodgorliklar restavratsiya qilindi. Moddiy madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan 7340ta diqqatga sazovor obidalar o‘rin olgan. Ularni ta’mirlash va restavratsiya qilish uchun davlat budjeti tomonidan ajratilayotgan mablag‘ miqdori oshib bormoqda. Agarda o‘tgan yili bu raqam 11,5 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil 21 milliard so‘mga yetdi. 2017-yilda madaniyat yodgorliklari rekonstruksiyasi uchun davlat tomonidan kamida 25 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0