TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘tgan juma kuni kechqurun Istanbuldagi Otaturk nomidagi xalqaro aeroportga uchib kelgan xorij fuqarolari deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 9,5 million dollar pul bilan qo‘lga olindilar, deb ma’lum qildi Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, qo‘lga olinganlar orasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bor.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, qo‘lga olingan yetti kishidan ikki nafari kuryerlik xizmati bilan shug‘ullangan.
Barcha hibsga olinganlar Istanbul xavfsizlik boshqarmasining moliyaviy jinotalarga qarshi kurash bo‘limida saqlanmoqda. Pullarning kelib chiqish manbasi va ularni olib kelish maqsadi aniqlanmoqda.
Turkiyada noqonuniy moliyaviy operatsiyalar va jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni legalizatsiya qilishga qarshi kurash olib borilishi doirasida yuqoridagi shaxslar qo‘lga olingan.