TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Samarqand viloyati eksportining asosini meva-sabzavot tashkil etdi, deb xabar bermoqda nuz.uz.
2016 yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida viloyat qiymati 195 mln dollarlik meva-sabzavot, 8,9 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qildi.
Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar qatoridan paxta tolasi (33,5 mln $), gilam mahsulotlari (10,2 mln $), tekstil mahsulotlari (6,1 mln $), ko‘chatlar (3,4 mln $), yuk avtomobillari (1,9 mln $), poyabzal (1,6 mln $) ham joy oldi.
Samarqand viloyati 2016-yil uchun meva-sabzavot mahsulotlari davlat buyurtmasi doirasida sotuv hajmi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 4 mln tonnadan ortiqroq meva-sabzavotlar uchun davlat xaridining 17,6 % (718 ming tonnasi) Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, viloyatda keyingi yillarda oziq-ovqat sanoati izchillik bilan rivojlanib bormoqda. 2015-yilda viloyatdagi jami sanoat ishlab chiqarishining 41%dan ortig‘i (2,5 trln so‘mdan ortiq) oziq-ovqat sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan, mashinasozlik va metallni qayta ishlash sohasi esa ulushi esa 15,1% (925 mlrd so‘mdan ortiq)ni tashkil etgan.