Rossiyada kam ta’minlanganlar daromad solig‘idan ozod qilinishi mumikin

CC0 / Pixabay / StartupStockPhotos Soliq hisoblash
Soliq hisoblash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodes kambag‘allar daromad solig‘idan ozod qilinishi mumkinligi aytdi.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Rossiya hukumati jismoniy shaxslarning maoshidan daromad solig‘i olishning progressiv tartibini belgilamoqchi, dedi jurnalistlarga Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodes, RIA Novosti xabariga asosan.

Uning so‘zlariga qaraganda, jismoniy shaxslarni daromad solig‘idan ozod qilish kambag‘allikni yengishga yordam berishi mumkin.

"Bu ushbu chorani har tomonlama hisoblab chiqdik. Bugun biz uni muhokama qilmoqdamiz", — dedi Golodes. Uning so‘zlariga qraganda ushbu chora kambag‘allikni yengishda eng qat’iy qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Bugungi kunda Rossiyada daromad solig‘i tekis shkala bo‘yicha hisoblanib, barcha soliq to‘lovchilar uchun bir xil — 13 % ni tashkil qilmoqda. Shu vaqtga qadar soliq tizimining progressiv shkalasini kiritish bir necha bor muhokama qilingan bo‘lsada, u Moliya vazirligi tomonidan  qo‘llab-quvvatlanmagan edi.

Rossiyada bugun qo‘llanilayotgan soliq tizimi 2001-yilda, jamlanayotgan  soliqlar hajmini oshirish maqsadida qabul qilingan edi. Undan oldin mamlakatda 12 %dan 60% gacha bo‘lgan progressiv soliq tizimi amal qilar edi.

Yangiliklar lentasi
0