O‘zbekiston va BAA jinoyatchilarni o‘z vataniga qaytarish haqida kelishib olishdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDubay shahri
Dubay shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirligi orasida imzolangan hibsga olinganlar bilan almashish va o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi shartnomalarni tasdiqlashdi.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Birlashgan Arab Amirligining O‘zbekistondagi  elchisi Muhammad Xarebom Al-Mexayribi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qolmoqda TIV matbuot xizmati.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va BAA orasida imzolangan shartnomalarni tasdiqlash (ratifikatsiya)yorliqlari bilan almashishdi.

Ushbu hukumatlararo shartnoma jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni o‘z vataniga majburiy qaytarish, sudlangan jinoyatchilarni o‘z vataniga jazoni o‘tash uchun yuborish kabi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan.

Shartnomalar tasdiqlovchi yorliqlar topshirilganidan bir oy o‘tib, ya’ni ushbu yilning 21-dekabridan boshlab  kuchga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0