TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Gruziya vakili Miriam Mamadashvili «Yevrovidenie-2016» bolalar konkursida g‘olib chiqdi, konkurs rasmiy sayti xabariga asosan.
O‘rta Yer dengizidagi Malta orolida bo‘lib o‘tgan konkursda 10 yoshli Miriam konkursda gruzin tilida "Mzeo", ya’ni "Quyosh" qo‘shig‘ini ijro etdi. Yosh xonandaning biroz g‘amgin lekin kuchli va toblanuvchan ovozi hech kimni befarq qoldirmadi.
Ikkinchi o‘rinni Armanistonlik bolalar Meri Vardanyan va Anait Adaman duosi egalladi. Ularning juda sho‘x qo‘shig‘i va raqsi ham juda ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Duet konkursda g‘olib chiqishga bir bahya yetmadi xolos.
Uchinchi o‘rin italiyalik Fiamma Bochchaga nasib bo‘ldi.