TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Shanba kech sodir bo‘lgan kuchli yong‘in natijasida Yunusobod va Olmazor tumanlarining ayrim mavzelari elektr ta’minotisiz qoldi, deb xabar qilmoqda nuz.uz sahifasi.
Keyinroq ma’lum bo‘lishiga ko‘ra, favqulodda vaziyat sababchisi — transformator podsiansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘lgan. Kuchli yong‘in suratlarini voqeaga guvoh bo‘lgan shaharliklar ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.
Toshkent hokimiyati huzurilagi dispetcher xizmati xabariga ko‘ra, ayni damda yong‘in to‘lik bartaraf etilgan va uning sabablari aniqlanmoqda.