Qozog‘istonda -25 gradus sovuqda O‘zbekistonlik yo‘lovchilar avtobusi buzilib qoldi

Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda -25 gradus sovuqda 45 nafar O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Qozog‘istonda 45 nafar O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Kazaxstan. 

Voqea Aktobe viloyatining Kalibay qishlog‘i yaqinida sodir bo‘ldi. 45 nafar O‘zbekiston fuqarolarini olib ketayotgan Setra avtobusi yo‘lda buzilib qolgan. Yo‘lovchilar Shimkentdan Qozonga yo‘l olishgan ekan.

Yetib kelgan qutqaruvchilar yo‘lovchilarning bir qismini avtomagistraldagi tibbiy-qutqaruv punktiga, qolgan yarimini esa Kalibay posolkasidagi isitish punktiga olib borishgan.   

Aynan shu kunlarda Qozog‘istonda o‘ta qattiq sovuq hukm surmoqda. Karaganda viloyatida —40 gradus, Aktobe viloyatida —25 gradus sovuq tushgan. Butun Respublika bo‘ylab aholi favqulodda sovuq va kuchli bo‘ron bo‘lishi haqida ogohlantirilgan.

Yangiliklar lentasi
0