O‘zbekiston va Tojikistonning chegara masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Chegarachi
Chegarachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston chegarasining taxminan 20%, ya’ni 1333 kilometri aniqlanmagan va belgilanmagan holda qolmoqda.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish Hukumat delegatsiyalarining  uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.

Ushbu yilning 15-18 noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda delegatsiyalar O‘zbekiston va Tojikiston davlat chegaralarining, oldin belgilanmagan bo‘laklari bo‘yicha fikr almashishdi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Ittifoq tarqalib ketganidan keyin O‘zbekiston va Tojikistonning chegarasining taxminan 20%, ya’ni 1333 kilometri  belgilanmagan holda qolmoqdayu. Chegaraning ushbu qismida, kimga tegishli ekani aniq belgilanmagan bo‘laklari ham bor. Undan tashqari O‘zbekiston va TOjikiston orasidagi nazorat o‘tkazuv punktlarining ham aksariyatining faoliyati to‘xtatilgani ikki mamlakat orasida iqtisodiy ijtimoiy aloqalarni rivojlantirishga xalal bermoqda.

Shuni aytib o‘tish kerak-ki, oxirgi bir necha oy ichida O‘zbekiston barcha qo‘shni mamlakatlar bilan mavjud bo‘lgan chegara muammolarni imkon qadar tezroq hal qilib, mustahkam do‘stlik va hamkorlik munosabatlari o‘rnatishga izchil kirishgan. Masalan, Qirg‘iziston bilan o‘zaro chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish ishlari nihoyasiga yetay deb qolgan. Shuningdek, yaqinda O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari o‘zaro takliflar bo‘yicha Andijon va O‘sh shaharlarida madaniy safarlar uyushtirishdi.

Yangiliklar lentasi
0