TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Hindiston shimolida poyezd halokatida kamida 60 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Qurbonlar soni 60 kishini tashkil qildi, yana 150 kishi jarohatlandi”, — dedi Kanpur shahri politsiya inspektori Ahmed Zaki.
Fojea Uttar-Pradesh shtatidagi Pukrayan shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Yo‘lovchi poyezdining 14 vagoni relsdan chiqib ketdi. Voqea sodir bo‘lgan joyga tibbiyot xodimlari va mahalliy ma’muriyat vakillari yetib kelishdi.
Poyezd halokati sabalari ali aniq emas, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra fojea relslar sinishi natijasida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.