Turkiya yetakchisiga birinchi xonim Emine Erdo‘g‘on, bosh vazir o‘rinbosarlari Veysi Kaynak va Tugrul Turkesha, tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavushoglu, iqtisodiyot vaziri Nixata Zeybekchi, oila va ijtimoiy siyosat vaziri Fatma Betul Kaya va energetika tabiiy resurslar vaziri Berat Albayrak hamrohlik qilishmoqda.

Turkiya prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi

Turkiya delegatsiyasiga O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovlar hamrohlik qildilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari muftiy Usmonxon Alimov Qur’on tilovat qildi

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi

Erdo‘g‘on boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Qur’on tilovati chog‘ida

Islom Karimov qabri ziyoratidan so‘ng Mirziyoyev va Erdo‘g‘on muzokaralar o‘tkazishga yo‘l olishdi

O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qildilar

Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdilar

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentini aeroportda shaxsan kutib oldi