TOShKENT, 18 noya — Sputnik. "O‘zbekiston" Milliy teleradiokompaniyasi va "Yoshlar" telekanalida O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev haqida film namoyish etildi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" nashri.
Xabarda aytilishicha, film ikki qismdan iborat bo‘lib, har bir qismning davomiyligi — 20 daqiqani tashkil etadi. Filmlar Mirziyoyevning bolalik va o‘smirlik davrlariga bag‘ishlangan bo‘lib, maktabdagi murabbiylari bilan intervyularni o‘z ichiga mujassam qilgan.
Filmda O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev qanday qilib oliygohning oddiy o‘qituvchisidan prorektorlikkacha, va keyinchalik, O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimigacha bo‘lgan yo‘llarni qanday bosib o‘tganligi haqida so‘z boradi. Kartinada Mirziyoyevning bolalik va o‘smirlik davridagi oq-qora suratlardan ham foydalanilgan.
Film o‘zbek tilida suratga olingan bo‘lib, unda surdotarjima ham keltirilgan.
Shu kunlarda esa u YouTube dagi videoxostingda ham paydo bo‘ldi.