Kseniya Sobchak o‘g‘illi bo‘ldi

© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishMaksim Vitorgan va Kseniya Sobchak
Maksim Vitorgan va Kseniya Sobchak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning mashhur teleboshlovchisi Kseniya Sobchak ilk bor ona bo‘ldi

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Teleboshlovchi Kseniya Sobchak 18-noyabr kuni o‘g‘il chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Sobchak bu yangilik haqida o‘zining Instagrammdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Sobchakning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li dunyoga kelgan kun u uchun dunyodagi eng baxtli kun bo‘ldi.

 

"18.11.16 endi men uchun eng baxtli kun. Men ajoyib o‘g‘ilning onasiman", — deb yozgan teleboshlovchi o‘z surati tagida. Kseniya Sobchak yangi tug‘ilgan o‘g‘lining rasmini hozircha ommaga e’lon qilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yilda Kseniya Sobchak aktor Maksim Vitorganga turmushga chiqqan edi. 35 yoshli teleboshlovchi ilk bor onalik baxtiga muyassar bo‘lgan bo‘lsa, 44 yashar Vitorgan uchun bu uchinchi farzanddir.

 

Yangiliklar lentasi
0