TIVda Afg‘oniston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

© FacebookO‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi binosi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining dolzarb jihatlari, jumladan, oliy va boshqa darajalardagi O‘zbekiston–Afg‘oniston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston TIVda Afg‘oniston elchisi bilan ikki tomon munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"2016 yilning 17-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Sayid Shahobiddin Timuriy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda. Suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining dolzarb jihatlari, jumladan, oliy va boshqa darajalardagi O‘zbekiston–Afg‘oniston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0